“Shon-sharaf” davlat muzeyi kun sayin yangi eksponatlar bilan boyitilmoqda
“Shon-sharaf” davlat muzeyi kun sayin yangi eksponatlar bilan boyitilmoqda
“Shon-sharaf” davlat muzeyi kun sayin yangi eksponatlar bilan boyitilmoqda
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi nafaqat ajdodlarimizning bosib o‘tgan mashaqqatli va ibratli yo‘llari xaqida hikoya qiladi, balki, Ikkinchi jahon urushida ishtirok etib halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning oila a’zolari va yaqinlariga tasalli berishda, chin ma’noda ajdodlarimizdan bizga me’ros bo‘lib qolgan insonparvarlik kabi ezgu qadriyatlarni davom ettirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda

        Majmua hududidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan faxriylarga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, ularning shaxsiy buyumlari, orden va medallari ularning oila a’zolari tomonidan topshirilib, muzey fondi yanada yangi eksponatlar bilan boyitilmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatidan Ikkinchi jahon urushiga safarbar qilinib, Stalingradda kechgan janglarda jasorat ko‘rsatgan yurtdoshimiz Sulton Rahimovga tegishli bo‘lgan shaxsiy buyumlar va uning orden medallari “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondiga uning yaqinlari tomonidan topshirildi. Sulton Rahimovning shaxsiy buyumlari muzey ekspozisiyalari qatoridan joy olib, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘zi hissasini albatta qo‘shadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing