Sayohat “Millat fidoyilari” monumentiga gulchambar qo‘yish marosimi bilan boshlandi. Ishtirokchilarga urush yillari tarixi, xalqimiz jasorati va muzey eksponatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad yoshlarda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, tarixiy xotiraga hurmat uyg‘otish va fuqarolik mas’uliyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur tashabbus yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirib, yetakchilar o‘z mahallalaridagi yoshlar uchun shu kabi sayohatlarni tashkil etishga turtki bo‘ladi.