Xalq va armiya – bir tanu bir jon
Xalq va armiya – bir tanu bir jon
Xalq va armiya – bir tanu bir jon
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi mahalla raislari e’tirofida.

        Joriy yilgi fuqarolar yig‘ini raislari saylovlarida yangi  saylangan mahalla raislari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari doirasida yurtimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mahallalarda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni ajdodlarga munosib vorislar qilib tarbiyalashda mahalla yetakchilari hamda raislarining o‘rni muhimligi inobatga olinib, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, tarix va bugunni bog‘lab turuvchi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida mahalla raislari ishtirokida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi. Ushbu majmua faoliyati bilan yaqindan tanishgan mahalla raislari mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlar ishtirokida tez-tez vatanparvarlik tadbirlari tashkil etish lozimligini ta’kidlashdi. Jonli tarix nafasi ufurib turgan ushbu maskan chin ma’noda yoshlarni xaqiqiy vatanparvarlik ruhida ulg‘ayishlari uchun muhimdir. Mahalla raislarining “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyiga qilgan sayohati ularda  “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” tamoyiliga suyangan holda kelajakni xaqiqiy vatanparvar yoshlar bilan qurishga yurtimizda yaratilayotgan ma’naviy-ma’rifiy hamda tarixiy maskanlarning kun sayin ortib borayotgani yuqorida belgilangan ezgu maqsadlarimizga erishishda eng muhim qadamlar ekanini e’tirof etishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing