“Gʻalaba bog‘i yodgorlik majmuasi” Uy muzeylari rahbarlari nigohida
“Gʻalaba bog‘i yodgorlik majmuasi” Uy muzeylari rahbarlari nigohida
“Gʻalaba bog‘i yodgorlik majmuasi” Uy muzeylari rahbarlari nigohida
Toshkent shahridagi mavjud uy muzeylari rahbarlari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf”  davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

        Vatan ulug‘ dargoh. Uning har qarich tuprog‘i muqaddas va azizdir. “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasining yurtimizda barpo etilganligi esa, jonajon ona vatanimiz tinchligini asrab-avaylash uchun jonidan kechib, bor kuch-g‘ayrati bilan himoya qilgan yurtdoshlarimiz xotirasini mangulikka muhrladi. Ushbu majmua uy-muzeylari rahbarlari uchun nafaqat qutlug‘ maskan, balki o‘z faoliyatlari mobaynida qo‘llashi mumkin bo‘lgan jarayonlar, jumladan,eksponat va ekspozisiyalarni joylashtirish va ularni saqlash, asrab-avaylashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jarayonlar bilan ham tanishish imkonini berdi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing