Nuroniylar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar vatanparvarlik  ruhida bo‘lib o‘tmoqda
Nuroniylar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar vatanparvarlik  ruhida bo‘lib o‘tmoqda
Nuroniylar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar vatanparvarlik  ruhida bo‘lib o‘tmoqda
Ma’lumki, tarixda ota-bobolarimiz shu muqaddas zamin tinchligi uchun hatto o‘z jonidan kechishgan. Ikkinchi jahon urushida minglab o‘zbekiston xalqi boshidan ayanchli kunlarni o‘tkazib, kelajak avlodning baxtli va farovon hayot kechirishlari uchun bor imkoniyatlaridan foydalanib, chinakam insonparvarlik va oliyjanoblik namunalarini ko‘rsatishgan.

        Har yili yurtimizda 9-may “Xotira va qadrlash” kuni sifatida ajdodlarni yod etish, ularning jasorati va matonatiga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatish, qolaversa yosh avlodga ular qoldirgan ibratli yo‘ldan o‘rnak olishlari uchun turli xil uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uch avlod uchrashuvlari o‘tkazib kelinadi. Bu kabi tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi eng muhim maskanlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 2-may kuni bir guruh nuroniylar, faxriylar va ertamiz egalari  ishtirokida vatanparvarlik ruhida tadbir tashkil etildi. Tadbirda so‘z olganlar, bugungi tinch va osoyishta xayotimiz, xotirjam va dorilomon kunlarga yetishishda fidoiylik ko‘rsatgan ajdodlarimiz bilan bog‘liq ma’lumotlar va yoshlarni ota-bobolarimizga munosib tarzda tarbiyalashda yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga to‘xtaldi. Tadbir davomida iste’dodli san’atkorlar tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing