Hududda urush yillarining og‘ir va shiddatli lahzalari, hayotiy manekenlar, harbiy texnika modellari va real eksponatlar orqali jonli tarzda ifodalangan bo‘lib, mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi. Harbiy xizmatchilar, mehnatkash va jasoratli o‘zbek ayollari, shifokorlar, vayrona binolar va jangovar texnikalar – bularning barchasi ekskursiya ishtirokchilarining yuragida unutilmas xotiralarni muhrladi.
Shundan so‘ng, deputatlar Mudofaa vazirligining yangi qurib bitkazilgan Ma’naviyat va ma’rifat departamenti binosida bo‘lib, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli, Alohida ko‘rgazmali-namunali harbiy orkestr, "Turon" harbiy teatri hamda Axbororot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Tanishishlar jarayonida deputatlar va harbiy xizmatchilar o‘rtasida mudofaa va xavfsizlik sohasidagi islohotlar, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish va parlament nazoratini olib borish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi vazifalar bo‘yicha fikrlar va takliflar bildirildi.