Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida shu yilning 6-7-8-may kunlari 9-may Xotira qadrlash kunini munosib nishonlash maqsadida, yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda majmua hududida tozalash va dezinfeksiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan joriy yilning 6-7-8-may kunlari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga kirish tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.
Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi ma’muriyati