Tanlov g‘oliblari aniqlandi
Tanlov g‘oliblari aniqlandi
Tanlov g‘oliblari aniqlandi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

        Ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 fevraldagi Xotira va Qadrlash kunini nishonlash to‘g‘risidagi  №65-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ta’sischiligida Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy ta’lim–fan va innovatsiyalar vazirligi, Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutlari hamkorligida tashkillashtirildi. Tanlovda san’at na’munalari uch yo‘nalishda ya’ni Rangtasvir, grafika va xaykaltaroshlik yo‘nalishlarida jamlandi. Tanlov natijasiga ko‘ra, 10 nafar rag‘batlantiruvchi o‘rin, shuningdek, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha  birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga qimmatbaho sovg‘alar, diplom va faxriy yorliqlar topshirildi. Barcha yo‘nalishlar ichidan eng oliy sovg‘a Gran-prini Toshkent xalqaro Kimyo instituti talabasi Rajabova Yulduz qo‘lga kiritdi.
        Yosh havaskor va professional ijodkorlarimizning mazkur sara asarlari, albatta “Shon-sharaf” davlat muzeyini yanada mazmunan boyitishga hissa qo‘shib, vatan tinchligi uchun kurashgan qahramon ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, qolaversa, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib  qolgan insonparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini yuksaltirishga hissa qo‘shadi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing