Xalqaro ilmiy konferensiya keng jamoatchilik vakillari bilan yanada fayzli o‘tdi
Xalqaro ilmiy konferensiya keng jamoatchilik vakillari bilan yanada fayzli o‘tdi
Xalqaro ilmiy konferensiya keng jamoatchilik vakillari bilan yanada fayzli o‘tdi
Ma’lumki, yurtimizda tarixni chuqurroq o‘rganib, ertamiz egalarini ajdodlarimiz qoldirgan shonli va ibratli yo‘ldan o‘rnak olgan holda haqiqiy vatanparvar va komil insonlar qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi esa, aynan shu kabi ezgu maqsadlar yo‘lida xizmat qilmoqda. Joriy yilning 25-aprel kuni majmua huzuridagi “Shon-sharaf”davlat muzeyida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan  “Ikkinchi jahon urushi: Ilmiy tadqiqotlar va tarixiy ma’lumotlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis senatining Mudofaa masalalari qo‘mitasi  raisi va qo‘mita a’zolari, Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda mas’ul ofiserlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tarxchi olimlar, talabalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tariximizni o‘rganishda tom ma’noda yangi davr boshlandi. Xususan, 2020 yilga qadar urush boshlangan paytda yurtimiz aholisi 6 mln 551 ming kishini tashkil etgan va ularning 1,5 mlnga yaqini urushda ishtirok etgan, deb hisoblanar edi. Jahon arxivlari o‘rganilib, yangi topilgan ma’lumotlar tahlil qilinganda esa, O‘zbekistondan 1,951 mlndan ortiq kishi urushga safarbar etilgani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, ilgari 396 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi urushda halok bo‘lgan, deb aytilgan bo‘lsa, aslida bu raqam 538 mingdan ziyod bo‘lgan, 158 mingdan ko‘prog‘i bedarak yo‘qolgan. Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida orden va medallar bilan mukofotlangan O‘zbekiston vakillarining soniga ham oydinlik kiritildi. Ilgari bu ko‘rsatkich 120 ming deb qayd etilgan bo‘lsa, yangi ma’lumotlarga asosan Ikkinchi jahon urushida 200 mingdan ziyod askar va ofiserlarimiz jangovar davlat mukofotlari bilan taqdirlangani aniqlandi. Konferensiyada davomida aniqlangan shu kabi yangi ma’lumotlar keng jamoatchilik vakillariga yetkazildi. Seminar so‘nggida bu borada kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan takliflar bildirildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing