Xorijiy hamkorlik aloqalari, do‘stlik va hamjihatlik sari
Xorijiy hamkorlik aloqalari, do‘stlik va hamjihatlik sari
Xorijiy hamkorlik aloqalari, do‘stlik va hamjihatlik sari
Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Utyupin Pavel Vladimirovich boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga tashrifi chog‘ida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

        Dastavval delegatsiya a’zolari majmua hududidagi “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambar qo‘yishdi. Shundan so‘ng, majmua hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi Ikkinchi jahon urushi davriga oid eksponat va ekspozisiyalarni ko‘zdan kechirishdi.  Vatan tinchligini asrab-avaylashda dushmanga qarshi mardonavor jang qilib, erishilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan zahmatkash O‘zbekiston xalqining fron va front ortidagi jasorati bilan bog‘liq noyob ma’lumotlarga ega bo‘lgan delegatsiya a’zolari ushbu maskandan olgan taassurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing