“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun hamda 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi, Milliy gvardiya Olmazor tumani bo‘limi, Ichki Ishlar boshqarmasi Olmazor tumani bo‘limi, Mudofaa vazirligi mas’ul ofiserlari hamda Sarbon universiteti rahbariyati va talabalari ishtirok etdi.

        Tantanali bayram dasturi O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi.
        Tadbir avvalida “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi rahbariyati barcha ishtirokchilarni ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan muborakbod etdi.
        So‘z olganlar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri, unda belgilangan eng ustuvor vazifalar bilan bog‘liq ma’ruzalarnini taqdim etishdi. Tantanali bayram dasturida Mudofaa vazirligi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, Qurolli Kuchlar Akademiyasi kursantlari tomonidan  “Fahriy qorovul” tantanavor chiqishlari kechaga vatanparvarlik ruhini singdirdi.
        Shuningdek, Milliy gvardiya Olmazor tumani bo‘limi harbiylari tomonidan qo‘l jangi ko‘rgazmali chiqishi ham namoyish etildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing