Yurtimizda ona tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tilimizga hurmat ruhida tarbiyalash muhim masalalardan sanaladi. “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida bo‘lib o‘tgan tadbirda aynan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sananing mohiyati, xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish uchun milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz, har birimizdan tilimizga chuqur hurmat bilan yondashish kabi masalalarga to‘xtaldi. Shuninigdek, tadbirda, o‘zbek tilining xuquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan qiyinchiliklardan tortib hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish va davlat tilini yangi pog‘onaga ko‘tarish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi. Tadbirda majmua rahbariyati hamda Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari tomonidan jonajon ona tilimiz bilan bog‘liq tarixiy faktlar, qiziqarli ma’lumotlar borasida fikr almashildi.