Tarixda O‘zbekiston xalqining naqadar mehridaryo va fidoiyligidan hikoya qiluvchi ushbu majmua mehmonlar qalbida katta hayajon uyg‘otdi. – Buyuk va qudratli tarixiga ega bo‘lgan O‘zbekiston kelajagi albatta porloq va yorqindir, –deya e’tirof etgan Xitoylik mehmonlar ushbu majmua faoliyatiga yuksak baho berdi. O‘z tarixi va ajdodlariga chuqur hurmat bilan qaragan har qanday davlatda o‘sib ulg‘ayayotgan yoshlar, vatan qadri, ota-bobolarining ona vatan oldida ko‘rsatgan matonatidan ibrat olgan holda komil va fidoiy insonlar bo‘lib ulg‘ayadi. O‘zbekiston esa, ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida ibrat bo‘lsa arzigulik ishlar olib bormoqda.
Darhaqiqat, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida ham insoniylik, mehr va muhabbat, farovon hayot kabi yuksak qadriyatlar o‘z aksini topmoqda.