Sayohat chog‘ida mehmonlar majmua hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi noyob eksponat va ekspozisiyalarni kuzatar ekan, Ikkinchi jahon urushida O‘zbekiston xalqining ishtiroki, erishilgan g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasi bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan yaqindan tanishib, ushbu maskanning barpo etilganligini ertangi kun uchun juda muhim ekanini e’tirof etishdi. Vatan taqdiri, unda istiqomat qilayotgan fuqarolarning ma’naviyati, fidoiyligi va vatanparvarligiga bog‘liq ekan, ushbu yodgorlik majmuasi, yurtdoshlarimiz hamda ertamiz egalarining tarix va ajdodlarga bo‘lgan hurmati, vatan tinchligini asrash uchun jon bergan fidoiy insonlarning bosib o‘tgan ibratli xayot yo‘llaridan o‘rnak va namuna olgan holda xaqiqiy vatanparvarlar bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyatga egadir.