Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan tantanali bayram dasturidan “O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida” beshinchi kitob-albomi, «Xotiralardan o‘rin olgan tarix» uchinchi qism, “Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston” monografiyasi hamda “Ikkinchi jahon urushi: Yangi tadqiqotlar va tarixiy ma'lumotlar” konferensiya to‘plamlarining taqdimoti ham o‘rin oldi. Tadbirda Mudofaa vazirligi mas’ul ofiserlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ilmiy xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi xodimlari, O‘zbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkiloi Xalq diplomatiyasi markazi rahbariyati, “Ajdodlar izidan” harbiy –tarihiy jamiyati mutaxassislari hamda yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda kitobni chop etishda faol ishtirok etgan mualliflar hamda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan yurtdoshlarimizning oila a’zolariga kitoblar taqdim etildi. So‘z olganlar, yurtimiz mustaqilikka erishgach, amalga oshirilgan islohotlar hamda erishilgan yutuqlarga alohida to‘xtalib, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyining poytaxtimizda qad rostlagni nafaqat, buyuk va qahramon ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, balki ertamiz egalari bo‘lmish yoshlarni vatanga munosib, komil insonlar bo‘lib tarbiyalashda muhim majmua bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidlashdi. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi”O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi bosh mutaxassisi Djumabay Djurabayevich Nasirovga “Sodiq xizmatlari uchun” medali hamda bir guruh Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilariga Mudofaa vazirining “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, “Esdalik” nishoni hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.