Mamalakatimizda o‘tkazilishi ko‘zda tutilayotgan O‘zbekiston hamda Tojikiston Mudofaa vazirliklari o‘rtasida belgilangan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab kompyuter o‘quvini tashkillashtirish bo‘yicha birinchi rejalashtirish konferensiyasida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Tojikiston Respublikasi Mudofaa vazirligi delegatsiyasi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga sayohat qilishdi. Ushbu maskandagi Ikkinchi jahon urushi davriga oid ma’lumotlar, ajdodlarimizning jang maydonlarida ko‘rsatgan qahramonligi, bag‘rikengligi hamda boshidan kechirgan mudhish kunlaridan so‘zlayotgan eksponat va ekspozisiyalar mehmonlarda katta taasurot qoldirdi.
– O‘zbekiston xalqining naqadar mard va jasur, fidoiy, sahovatli xalqlardan ekanini ushbu maskanga bir marta sayohat qilgan kishi chuqur anglaydi. Bu esa, yurtingizda tarix va ajdodlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtirom, balki, bugungi yoshlarni vatanparvarlik ruhida voyaga yetishlarida muhim ahamiyat kasb etadi, – deya e’tirof etdi delegatsiya a’zolari.