Korrupsiya rivojlanish kushandasi ekan, mamlakatimzda bu illatga qarshi kurashish va bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan har payshanba “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, Mudofaa vazirligiga qarashli «Gʻalaba bog‘i» yodgorlik majmuasida, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, markaziy ashulla va raqs ansanbli jamoasi hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi shaxsiy tarkibi ishtirokida korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent harbiy prokurorining yordamchisi Alisher Qurbonov ochiq muloqotlarda jinoyatchilik, jumladan, firibgarlik, pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, hokimiyat yoki mansab vakolati bilan bog‘liq jinoyatlar uchun nazarda tutilgan javobgarlik va ularning huquqiy oqibatlari haqida so‘z yuritdi. Suhbatlarda mulohaza yuritilgan mavzular bo‘yicha berilgan savollar yuzasidan hayotiy misollar bilan qonuniy asoslarda huquqiy tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida mavzu yuzasidan videorolik namoyish etildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.