Tashrif chog‘ida majmua hamda uninig tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekiston xalqining tinchlik yo‘lida olib borgan mardonovor kurashi, ularning yuksak insoniy fazilatlari hamda qahramonliklari xaqida so‘zlayotgan eksponat va ekspozisiyalarga yuqori baho berib, – Ushbu maskan yosh avlodga mard va jasur ajdodlari xaqida hikoya qilibgina qolmay, ular qalbida vatan muqaddas va aziz ekanini, tinchlikni qadriga yetish va asrab-avaylashda har bir fuqaro mas’ul ekanini anglashda va his qilishda muhim ahamiyatga ega,–deya ta’kidladi. Tashrif chog‘ida Van Syansi ushbu majmuadan olgan taasurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirdi.