Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida “Millat umidi” Xalqaro ko‘rik tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, ushbu ko‘rik tanlovida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlaridan 1000 dan ortiq yoshlar o‘z ilmiy ishlari hamda maqolalari bilan ishtirok etishdi. Shundan, 250 nafar ishtirokchi “Millat umidi” xalqaro ko‘rik tanlovining mutlaq g‘olibi deb topildi. Yuksak saviyada tashkil etilgan taqdirlash marosimida g‘oliblarga “Millat umidi” ko‘krak nishoni tanatanali ravishda topshirildi. Ta’kidlash joizki, bu kabi tanlovlar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash barobarida ularga keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Zero, har bir davlatning ertasi yoshlar qo‘lidadir.