Tadbirda yurtimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar hamda talabalar ishtirok etdi. Ma’lumki so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning bilim olishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish, Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishlari uchun keng imkoniyatlar eshigi ochildi. Ayniqsa, yosh biznesmenlar maktabini yaratishda ham samarali ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda Toshkent shahar hududida faoliyat yuritayotgan 3 ta Milliy arxiv va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida sohani rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilayotgan innovasion g‘oyalar, tashabbuslar hamda loyihalar ko‘rib chiqilib, eng yaxshi g‘oya mualliflari O‘zarxiv agentligi rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Tadbirda "Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasi rahbariyati tomonidan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, Ikkinchi jahon ururshi davriga oid noyob tarixiy ma’lumotlar, ajdodlarimizninig bosib o‘tgan ibratli hayot yo‘llari, ularning jasorati va insoniyligi bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, Ikkinchi jahon urushi mavzusi yuzasidan ilmiy ish qilish istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida ham amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.
Tadbir so‘ngida kelgusida soha rivojini yangi bosqichga olib chiqish hamda rivojlantirish yuzasidan taklif va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh kadrlar salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha muhokamalar qilinib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan yetarlicha javoblar berildi.