Ushbu vatanparvarlik tadbirida muzeyning “Ko‘chma ko‘rgazmalar” bo‘limi mutaxassislari tomonidan bolajonlar uchun qiziqarli bo‘lgan tarixiy voqealar hamda Ikkinchi jahon urushi davrida ajdodlarimizning ko‘rsatgan jasorati bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumotlar berildi.
Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu Ko‘chma ko‘rgazmada jang maydonlaridan topilgan, askarlarga tegishli bo‘lgan idishlar, ularning kiyimlari hamda orden-medallari namoyish etildi. Tadbir davomida bolajonlar o‘rtasida savol-javoblar tashkil etilib, faol ishtirok etgan balalarga kitoblar sovg‘a qilindi.