Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti “Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi” professor-o‘qituvchilari tomonidan “Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik” mavzusida fakultetning rus tili ta’lim yo‘nalishi iqtidorli va ilm olishga intiluvchan, tariximizni o‘rganishga qiziquvchan 1-kurs talabalarini shonli tariximiz va xalqimizning Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘rsatgan beqiyos jasoratini yoshlarga yaqindan tanishtirish maqsadida “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyiga sayohat uyushtildi.
“Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan ushbu sayohat talabalarning tarix bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirib, ular qalbida ona vatan nechog‘lik muqaddas va aziz ekanini yana bir his qildirdi.