Xalqaro hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanmoqda
Xalqaro hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanmoqda
Xalqaro hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanmoqda
Ma’lumki, yurtimizda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarini yanada rivojlantirish yuzasidan ko‘plab loyihalar va amaliy ishlar olib borilmoqda

        Jumladan, Mudofaa sohasida ham xorijiy davlatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Qirg‘iziston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshqarmasi boshlig‘i hamda o‘rinbosarlaridan iborat delegatsiya joriy yilninig 7- iyun kuni  “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq ma’lumotlar, ayniqsa, front va front ortida O‘zbekiston xalqining ko‘rsatgan jasorati, insoniyligi hamda sahovatidan so‘zlayotgan noyob eksponat va ekspozisiyalar delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi. Ushbu maskandan olgan taassurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing