Mazkur oylik doirasida amalga oshiriladigan ishlar, loyihalar va o‘tkazildagidan tadbirlar yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hizmat qiladi. Yoshlar oyligi bilan bog‘liq tadbirlar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga qarashli harbiy sinf o‘quvchilari ushbu maskanga sayohat qilishdi. Tadbir chog‘ida “Biz baxtiyor yoshlarmiz” shiori ostida qiziqarli bellashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, tarix va bugungi kun bilan bog‘liq savol-javoblar o‘tkazilib, faol ishtirok etgan o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qilindi. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.