Baxtiyor bolalikning baxtli onlari
Baxtiyor bolalikning baxtli onlari
Baxtiyor bolalikning baxtli onlari
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni yurtimizda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi

        Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tgan bayram tadbiri bolajonlarga esda qolarli qiziqarli lahzalar hamda quvonch ulashdi. Tadbir avvalida bolajonlar Majmua hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyiga sayohat qilib, vatan tinchligi  uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizga tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. 
        Shundan so‘ng, bolajonlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida qiziqarli savol-javob viktorina o‘yinlari hamda sport musobaqalari tashkil etildi. Bellashuvlarda faol ishtirok etgan bolajonlarga esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar topshirildi. Tadbir davomida harbiy orkestr jamoasi hamda Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan vatanni mahd etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Bolalarga unutilmas onlarni hadya etgan bayram tadbirida jajji mehmonlar bayram dasturxoniga taklif etildi.
        Tadbir so‘ngida esa, bir-biridan mazali muzqaymoqlar tortiq qilindi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing