“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bayram tantanalari davom etmoqda
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bayram tantanalari davom etmoqda
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bayram tantanalari davom etmoqda
Joriy yilning 14-may kuni Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Musaffo osmon” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

        Xalqaro polisiya assosiatsiyasi hamkorligida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda yurtimizning qator ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etdilar. Bolajonlarga olam-olam quvonch, ko‘tarinki kayfiyat ulashgan ushbu tadbir avvalida Mudofaa vazirligi Alohida Namunali Ko‘rgazamali harbiy orkestr jamoasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi ijro etildi.Tadbir davomida iste’dodli yoshlar qalbida jo‘sh urgan orzu-umidlarini kuyga solib turli xil  qo‘shiqlarni ijro etishdi. Shuningdek  joriy yilning mart oyida Tailandda bo‘lib o‘tgan Jit-Kun-Do-2024 jahon kubogi uchun bo‘lgan kurashda kubokni qo‘lga kiritib yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘targan jajji sportchilarimiz  ham  barchaga  g‘urur va iftixor ulashdi. Tinch yurtga bayramlar yarashadi, san’atkorlar tomonidan ijro etilgan jozibali kuylar yoshlarga chinakam bayromona quvonch ulashdi.  
        Ijodiy ishlarga topshirilgan rasmlarda yoshlar vatan tinchligi, musaffo osmon, insoniylik va vatanparvarlik hissi yo‘g‘rilgan ijodiy namunalari bilan ishtirok etishdi. Tanlov g‘oliblariga diplom, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.  Bu kabi tadbirlar yoshlarning ijodiy salohiyatini yanada oshirish bilan birga, ularga yangi g‘oyalarni yaratishda yanada shijoat va kuch bag‘ishlaydi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing