Iste’dodli ijodkor yoshlar taqdirlandi
Iste’dodli ijodkor yoshlar taqdirlandi
Iste’dodli ijodkor yoshlar taqdirlandi
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf”davlat muzeyida Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” ijodiy ishlar koʻrik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

        Unga koʻra  Rang tasvir nominatsiyasi boʻyicha,  Uchinchi oʻrin – Respublika Ixtisoslashtirilgan dizayn  maktabi oʻqituvchisi Qayumov Muxammadaliga, Ikkinchi oʻrin – Toshkent Kimyo xalqaro Universiteti talabasi Dustmurodova Umidaga,  Birinchi oʻrin – P.Benkov nomidagi Respublika Rassomlik maktabi oʻqituvchisi Mirsaidov Mirvohidga  nasib qildi.
        Shuningdek, Grafika nominatsiyasi boʻyicha Uchinchi oʻrin – Kamoliddin Bexzod nomidagi Respublika Milliy Rassomchilik va Dizayn instituti “Grafika” kafedrasi professori Kalonov Asliddin  Djoʻrayevichga,  Ikkinchi oʻrin - Kamoliddin Bexzod nomidagi Respublika Milliy Rassomchilik va Dizayn instituti talabasi Qodirova Ruhshonaga,  Birinchi oʻrin - Kamoliddin Bexzod  nomidagi Respublika Milliy Rassomchilik va Dizayn instituti Dastgohli kitob grafikasi kafedrasi katta oʻqtuvchisi, Sharipov Narimon  Djoʻrayevichga,

        Shuningdek,  Haykaltaroshlik nominatsiyasi boʻyicha, Uchinchi oʻrin, Kamoliddin Bexzod nomidagi Respublika Milliy Rassomchilik va Dizayn instituti magistranti Ahmedov Tohirga,  Ikkinchi oʻrin – Kamoliddin Bexzod nomidagi Respublika Milliy Rassomchilik va Dizayn instituti talabasi, Pattayev Shuhratga, Birinchi oʻrinni,  Kamoliddin Bexzod nomidagi Respublika Milliy Rassomchilik va Dizayn instituti talabasi,Malikjonov Muhammadrasul q oʻlga  kiritdi.
        Eng oliy mukofot “GRAN-PRI”,  Kamoliddin Bexzod nomidagi Respublika Milliy Rassomchilik va Dizayn instituti  “Haykaltaroshlik” taʼlim yoʻnalishi talabasi Toʻxtapoʻlatov Jahongirg a nasib qildi. Gʻoliblar qimmatbaho sovg‘a hamda  diplom bilan taqdirlandi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing