YURT FIDOIYLARI ASLO UNUTILMAYDI
YURT FIDOIYLARI ASLO UNUTILMAYDI
YURT FIDOIYLARI ASLO UNUTILMAYDI
Tarix va bugunni bog‘lab turuvchi, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi bugungi kunda chin ma’noda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

        Ayniqsa, ushbu majmuadagi vatan uchun hatto o‘z jonidan kechgan qahramon ajdodlarimizning ko‘rsatgan jasorati va matonatidan so‘zlayotgan eksponat, ekspozitsiyalar hamda ular to‘g‘risidagi  ma’lumotlar yoshlarga o‘rnak va namuna vazifasini o‘tab kelmoqda. Aytish joizki, kundan-kun ushbu maskanga tashrif buyuruvchilarning soni ortib, yurtdoshlarimiz  ham “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondini yanada boyitishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Jumladan, bugungi kunda Samarqand shahrida istiqomat qilib kelayotgan Xonimqulova Muborak aya ham qaynotasi Rasulov Xonimqul otaning Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki bilan bog‘liq ma’lumotlar, uning orden va medallari hamda shaxsiy buyumlarini “Shon-sharaf” davlat muzeyiga topshirdilar.
        –  O‘tgan yili ushbu maskanga nabiralarimni olib kelgan edim. Ikkinchi jahon urushida ishtrok etib, g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizga taaluqli eksponatlarni kuzatar ekanmiz, nabiramning menga aytgan s o‘zi qalbimda hayajon uyg‘otdi,
        – Meni bobom ham judayam mard inson bo‘lgan, Ikkinchi jahon urushida ishtirok etib, bir qo‘lidan ayrilgan! nega ularning medallari bu yerda yo‘q?–deya meni s o‘ roqqa tutdi.
        –  O‘sha kundan beri bu savol menga tinchlik bermadi. Men “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi mutaxassilari bilan bog‘landim va bugun qaynotam Rasulov Xonimqul otaga tegishli bo‘lgan barcha ma’lumot va medallarni o‘zim bilan olib keldim,–deydi faxr bilan Muborak aya.
        Yurtdoshimiz Rasulov Xonimqul ota Ikkinchi jahon urushi boshlangan ilk kunlaridanoq vatan himoyasiga otlanadi. Stalingradda kechgan janglarning birida og‘ir yaralanadi va bir qo‘lidan judo bo‘ladi.Honimqul  Rasulov Ikkinchi jahon urushida k o‘rsatgan jasorati uchun qator medallar bilan taqdirlangan.
        Urush tugagach mas’ul lavozimlarda, xalq farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qiladi. Xozirda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Rasulov Xonimqul ota xaqida mutaxassislar tomonidan izlanishlar olib borilmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing