Dastavval mehmonlar majmua hududidagi “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambar qo‘yishdi. Shundan so‘ng “Shon-sharaf” davlat muzeyiga sayohat qilishib, Tinchlik uchun kurashgan mard va jasur O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi davridagi qahramonligi va oliyjanobligi bilan bog‘liq ma’lumotlar va eksponatlarni ko‘zdan kechirishdi.