Eslatib o‘tamiz ushbu tanlov poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tutash hududda Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida xalok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari nomlarini abadiylashtirish maqsadida barpo etilayotgan “Qahramonlar nomi barhayot” yodgorlik majmuasini bunyod etishga qaratilgan. Ushbu majmuani barpo etishda o‘zining arxitekrura loyihalari bilan ishtirok etish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz uchun OAVlarda tanlov e’lon qilingan edi. Faxr bilan aytish joizki, ko‘plab ijodkorlar vatanimiz qahramonlari nomlarini abadiylashtirishga hissa qo‘shish maqsadida o‘zlarining ijod namunalarini taqdim etishdi. Bir necha oy davom etgan tanlov shartiga ko‘ra, taqdim etilgan loyihalar g‘oliblarini aniqlashda Mudofaa vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralardan tuzilgan hayat a’zolari tomonidan xolisona baholandi. Unga ko‘ra, 3-o‘rin “Yurt tinchligi yo‘lida!” asari muallifi Alisher Boqiyevga, 2-o‘rin “Mustaqillik himoyachilari memoriali” asari muallifi Aleksandr Kuranov va hammuallifi Orifjon Jalalovlarga, 1-o‘rin esa “Qahramonlar nomi barhayot!” asari muallifi Shohruh O‘rozov va hammuallifi Akram Raupovlarga nasib qildi. Gʻoliblar faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari hamda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi. Jumladan, birinchi o‘rin uchun 100 million so‘m, ikkinchi o‘rin uchun 75 million so‘m, uchinchi o‘rin uchun esa, 50 million so‘m pul mukofotlari tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi. Fursatdan foydalanib, “Qahramonlar nomi barhayot” yodgorlik majmuasini barpo etilishida o‘z hissasini qo‘shgan yurtdoshlarimizga chuqur minnatdorchilik izhor etamiz.