Kim yurtidan yovni quvsa mendurman o‘sha
Kim yurtidan yovni quvsa mendurman o‘sha
Kim yurtidan yovni quvsa mendurman o‘sha
Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ona vatanga bo‘lgan mehr va muhabbatlarini yanada kuchaytirish, qolaversa, ajdodlarga munosib voris bo‘lishga qaratilgan chora-tadbirlar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.

        Jumladan, bu kabi tadbirlar poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida doimiy ravishda tashkil etilmoqda. “Kim yurtidan yovni quvsa mendurman o‘sha” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir ham ana shu kabi ezgu maqsadlarga qaratildi. Unda mas’ul ofiserlar, Navoiy viloyatining mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati otryadi a’zolari, kursantlar, faxriylar hamda  Navoiy viloyati Matonat va jasorat markazi jamoasi ishtirok etdi. So‘z olganlar yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni vatanparvar va komil insonlar bo‘lib voyaga yetishlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar xususida ma’ruzalar o‘qib, bu kabi ishlarning davomiyligini ta’minlashda har bir yurtdoshimiz mas’ul ekanligini ta’kidlashdi. Tadbirda Navoiy viloyati “Matonat va jasorat” markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Kim yurtidan yovni quvsa mendurman o‘sha” loyihasining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

        Ushbu loyihaning bosh g‘oyasi yurtimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida kamol topishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Ajdodimiz Jaloliddin Manguberdining hayot yo‘li, uning jasorati va fidoiyligini ochib beruvchi muhim ma’lumotlarni jamlagan holda yurtimiznining har bir umumiy o‘rta ta’lim maktablarida vatanparvarlik burchaklarini tashkil etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqdik va buni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda,–deydi Navoiy viloyati “Jasorat va matonat” targ‘ibot markazi rahbari Shuhratov Jonibek.

        Tadbir so‘ngida ertamiz egalari bu borada o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirishdi.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing