Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol topishlari uchun keng ko‘lamli isloxatlar amalga oshirilmokda. Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi “Shon-sharaf” davlat muzeyi anjumanlar zalida o‘tkazilgan “Uch avlod” uchrashuvi ham aynan shu kabi ezgu maqsadlarga qaratildi. Olmazor tumani Mudofaa ishlar boshqarmasi hamda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda maktab o‘quvchilari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar xuquqiy kengashi harbiy bo‘limi rahbariyati, Nafaqadagi generallar, Olmazor tumani Nuroniylar jamoatchilik kengashi a’zolari hamda bir guruh yoshlar ishtirok etdi. So‘z olganlar tarixda ajdodlarimizning vatan tinchligi yo‘lida ko‘rsatgan jasorati hamda fidoiyligi bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumotlarni berishdi. Faxriylar yoshlarga o‘zlarining pandu-nasihatlarini, vatan nechog‘lik aziz va muqaddasligi, uni asrab- avaylash esa har birimizning muqaddas burchimiz - deya ta’kidlashdi.
Tadbir davomida she’riyat mulkining sultoni, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyning tavallud kuni ham keng nishonlandi. Ishtirokchilar bobokalonimizning bosib o‘tgan ibratli xayot yo‘li xaqida ko‘plab ma’lumotlarni berib, uning ijodidan parchalar o‘qishdi.