So‘nggi yillarda yurtimizda fuqarolarimizni bu kabi holatlarga aralashib qolmasliklari, shuningdek, bu illatlarni bartaraf etish chora-tadbirlari bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Korrupsion holatlar barcha davrlarda, turli darajada mavjud bo‘lgan. Unga qarshi kurashishda esa, uning qay darajada rivojlanganligiga alohida e’tibor qaratilgan va shunga mos tarzda kurashilgan. Prezidentimizning 2023 yil 27 noyabrda “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Shunday ekan, mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, barcha fuqarolarimiz ham mas’uldirlar.
Joriy yilning 26-yanvar kuni “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda Toshkent harbiy prokuraturasi hamkorligida “Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. So‘z olganlar bu kabi illatlar nafaqat sohalar rivojiga putur yetkazishi, balki davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro nomutanosibliklarni keltirib chiqarishi mumkinligi xaqida fikr va mulohazalar bildirishdi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan bu kabi jinoyatlarga aralashmaslik va sodir etilgan holatlardan xabardor bo‘lgan taqdirda tegishli organ tashkilotlariga xabar berishliklari, shuningdek, bu kabi xuquqbuzarliklarning oqibatlari xaqida batafsil ma’lumotlar berildi.