“QAMAL SADOSI” MAVZUSIDA TELEMOST TASHKIL ETILDI
“QAMAL SADOSI” MAVZUSIDA TELEMOST TASHKIL ETILDI
“QAMAL SADOSI” MAVZUSIDA TELEMOST TASHKIL ETILDI
Mudofaa vazirligi tasarrufidagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida “Qamal sadosi” mavzusida telemost tashkil etildi. Ikkinchi jahon urushi davrida Qamalda qolgan Leningrad shahri ozod etilganiga 80 yil toʻlishi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu telemostda Sankt-Peterburg, Aznakayevo, Qirgʻiziston hamda Oʻzbekiston vakillari ishtirok etdi.

Onlay tarzda boʻlib oʻtgan ushbu xalqaro telemostda barcha davlat vakillari  Ikkinchi jahon urushida insoniyat boshiga tushgan mudhish kunlar, shuningdek erishilgan Gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan jasoratli, xalqparvar va yurt fidoiylarining koʻrsatgan qahramoliklari xaqida batafsil maʼlumotlar berishdi. Taʼkidlash joizki, Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston aholisi evakuatsiya qilinganlarga uy-joy, oziq-ovqat va kiyim-kechaklar bilan yordam berishdi. Evakuatsiya qilingan 1,5 million kishidan 250 mingdan ortigʻi Qamalda qolgan Leningraddan, Belorussiya va Polshadan olib kelingan bolalar va oʻsmirlar edi. Aynan Neva boʻyidagi shaharlardan 5 ming bola Oʻzbekistonga evakuatsiya qilingan. Muloqot paytida harbiy sanʼatkorlar tomonidan tarix bilan bogʻliq musiqiy chiqishlar ham namoyish etildi. Tadbir soʻngida Leningrad jamoasi evakuatsiya qilingan fuqarolar har bir davlatda qadrlanib eʼzoz topayotganidan  minnatdor ekanliklarini izhor etishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing