Unda majmua hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyida faoliyat yuritayotgan Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilari, ofiserlar, tadqiqotchilar hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining oila a’zolari ishtirok etdi. Tantanali bayram dasturi O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Ta’kidlash joizki, Konstitutsiya — bu davlatning asosiy qonunidir. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirish tartibi, saylov tizimi, Fuqarolarning xuquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi. Barchamizga ma’lumki, 2023 yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida xalqimiz o‘zining yuksak siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashini namoyon etib, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi.
Bayram tadbirida o‘z xizmat vazifasini sidqidildan, vijdonan bajarib kelayotgan Qurolli Kuchlar ishchi – xizmatchilarining bir guruhiga Mudofaa vazirining “Esdalik nishoni”, Taxtaga o‘rnatilgan “Esdalik nishoni” hamda “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, tadbirda “Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillarida front va front ortida ko‘rsatgan beqiyos jasorati” hamda “O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida” nomli to‘rtinchi kitob albomini chop etishda faol ishtirok etgan mualliflarga ushbu kitoblar taqdim etildi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayram tadbirida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.