Unda Mudofaa vazirligi huzuridagi "G'alaba bog'i" yodgorlik majmuasi boshlig'i va bo'lim boshliqlari, harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari qatnashdilar. Unda Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi Ichki Nazorat bo'limi bosh mutaxassisi Akramov Muzaffar ishtirok etib, yig'ilganlarni korrupsiyaga qarshi kurashishda faollikka chaqirdi. Firibgarlik, pora olish, pora berish, talon-taroj qilish, mansab soxtakorligi kabi jinoyatlarni sodir etgan fuqarolar, bu jinoyatning oqibatlari haqida videoroliklar taqdim etdi.
Tadbirda Mudofaa vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarining xizmat hamda mehnat faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etish va amalga oshirish, shu bilan birga, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar berildi.
Bugungi tadbir nafaqat Korrupsiyaga qarshi kurash, balki, harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari o‘rtasida huquqiy savodxonlikni yanada mustahkamlashdan iboratligini ta’kidladi va kelgusida hamkorlikda ishlashni taklif etib, so‘nggi yillarda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash hamda bu illatni bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohatlar amalga oshirilayotganligini aytdi.