Ushbu sana munosabati bilan turli tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etildi. Jumladan, yurtimizda Markaziy Osiyo davlatlari Kasaba uyushmalari tashkilotlari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etish uchun yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari tashkiloti rahbarlari poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, ushbu maskan faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, majmua hududidagi “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambar qo‘yishdi. Shundan so‘ng, majmua tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi Ikkinchi jahon urushi davriga oid eksponat hamda ekspozitsiyalarni ko‘zdan kechirishdi. Olgan taasurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.