Jang maydonida esa, O‘zbekiston xalqi ham tinchlik uchun kurashib, buyuk g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi. Ularninig vatan tinchligini asrash yo‘lida ko‘rsatgan jasorati va matonatini xalqimiz, kelajak avlod aslo unutmaydi.
Poytaxtimizda bunyod etilgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi esa, fikrimizning yaqqol misolidir. Ushbu majmua bugungi kunda nafaqat ajdodlarni yod etish, balki yosh avlodga vatan neligin anglatuvchi, tinchlik va farovonlikni qadriga yetishga undovchi qutlug‘ maskanlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Majmuaga deyarli har kuni yurtimizning turli go‘shalaridan yuzlab yoshlar tashrif buyurib, ota-bobolarimizning naqadar vatanparvar va sadoqatli ekanliklari, qolaversa, ularning vatan uchun ko‘rsatgan qahramonliklaridan so‘zlovchi nodir va noyob eksponatlarni ko‘zdan kechirib, ular xaqida batafsil ma’lumot olishmoqda. Bu esa, o‘z navbatida ajdodlardan o‘rnak olib, ularga munosib davomchi bo‘lishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan,Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanidagi 78-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ihtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari ham ushbu majmuada bo‘lishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atrroflicha javoblar olishdi. Ayniqsa, “Shon-sharaf” davlat muzeyidan o‘rin olgan, Ikkinchi jahon urushi davrida insoniyat boshiga tushgan mudhish kunlar, uning asorati, shuningdek, erishilgan buyuk g‘alabaga hissa qo‘shgan ajdodlarimiz xaqidagi ma’lumotlar yoshlarni hayratga soldi. Tasirli va mazmunli kechgan sayohat chog‘ida yoshlar – Vatan tinchligi ulug‘ ne’mat ekani, uni asrab-avaylashga bor kuch bilim va g‘ayratimiz bilan hissa qo‘shish bizning burchimizdir,–deya ta’kidlashdi.