“Yashil makon” musaffo osmon
“Yashil makon” musaffo osmon
“Yashil makon” musaffo osmon
Yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasini doimiy ravishda mavsumiy tashkil etish  bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Mudofaa vazirligi tomonidan tahsinga sazovor ishlar ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, tabiatni asrash, atrof-muhitning musaffoligini ta’minlashda munosib hissa qo‘shib kelinmoqda.

        Jumladan, joriy yilning 27-oktyabr kuni “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hududida o‘tkazilgan ko‘chat ekish aksiyasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda  Mudofaa vazirligi  faxriylar  ishlari bo‘yicha Markaziy kengash a’zolari,         Jamoatchilik kengashi a’zolari, “Vatan tayanchi” harbiy vatanparvarlik otryadi a’zolari faol ishtirok etishdi.  
        – Joriy yilning 25-oktyabridan 1- dekabrigacha  “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilindi. Bu mavsumda 85 million tup ko‘chat ekilishi rejalashtirilmoqda,–deydi Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar Bosh boshqarmasi mutasaddilari. 
        Atrof-muhit musaffoligini ta’minlashda daraxtlar insoniyatning beminnat ko‘makdoshidir.  Ular havodagi zararli bo‘lgan moddalarni yutib, kislorod  ishlab chiqarishi natijasida  inson nafas olishi yengillashib, sog‘lom turmush tarzini yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Mudofaa vazirligi tomonidan olib borilayotgan bu kabi sa’y-harakatlar esa, chin ma’noda harbiy xizmatchilarning  nafaqt yurtimiz tinchligi va osoyishtaligin ta’minlash, balki, ekologiyamiz musaffoligi, shuningdek, tabiatni asrab-avaylash orqali yurtdoshlarimizning sog‘ligini mustahkamlashda ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Bu kabi tadbirlar yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing