O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyaga biriktirilgan maktab o‘quvchilarining tantanali va’da berish marosimiga bag‘ishlangan tadbir ham ushbu majmuada ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi, maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar agentligi, faxriylar hamda ota-onalar ishtirok etishdi.
Tadbirda kelajakda vatan himoyasi uchun bor kuch-g‘ayrati bilan xizmat kilishga shay turgan yoshlar vatan naqadar aziz va muqaddas ekanligini ta’kidladilar. Marosimda harbiy orkestr jamoasi tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.