“Gʻalaba bog‘i”yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishgan mehmonlar Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston xalqining buyuk g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasi hamda insonparvarligini o‘zida namoyon etgan eksponat hamda ekspozitsiyalarni ko‘zdan kechirishdi. Ushbu majmua faoliyatiga yuqori baho bergan Pokiston harbiylari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.