Xorijiy mehmonlar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga yuksak baho berishdi
Xorijiy mehmonlar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga yuksak baho berishdi
Xorijiy mehmonlar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga yuksak baho berishdi
Toshkentda Alfraganus universiteti tashabbusi hamda Turkiyaning Najmiddin Erbokan yniversiteti hamkorligida «Bir makon-bir yo‘l: Imkoniyatlar va muammolar, migratsiya, turizm va siyosiy iqtisod» mavzucidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

        Tadbirda dunyoning 50 ga yaqin davlatidan, xususan Amerika Qo‘shma Shtatlari, Shvesiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Turkiya, Xitoy, Latviya, Qozog‘iston, Germaniya kabi  mamlakatlarning nufuzli universitetlari rektorlari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining amaliyotchi olimlari, siyosatshunoslar, iqtisod, tarix, huquqshunoslik va boshqa qator sohalarda ilmiy izlanishlar olib borayotgan yetakchi professorlar, fan doktorlari, xalqaro ekspertlar qolaversa, respublikamiz oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilari ham o‘zlarining ilmiy maqola va takliflari bilan ishtirok etmoqda.

        Xalqaro konferensiya ishtirokchilari  yurtimizning diqqatga sazovor hamda tarixiy maskanlariga sayohat qilish barobarida poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ham tashrif buyurishdi. Sayohat chog‘ida mehmonlar Vatan tinchligi uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizga taaluqli bo‘lgan eksponat hamda ekspozisiyalarni ko‘zdan kechirishdi. 

        –Ushbu maskan chin ma’noda tarixni yod etish orqali yoshlar ongida ajdodlarga bo‘lgan yuksak ehtirom, bugungi tinch va farovon kunlarni qadriga yetish kabi chinnakam insoniylik tuyg‘ularini shakllantirishda juda muhimdir,–deya ta’kidlagan delegatsiya a’zolari “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyatiga yuksak baho berishdi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatga xabar
berish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing