Kuni kecha poytaxtimizdagi “Oʻzbekiston” xalqaro forumlar saroyida oʻtkazilgan Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari Bosh shtab boshliqlarining konferensiyasi shular jumlasidandir. Unda Amerika Qoʻshma Shtatlari, Pokiston Islom Respublikasi, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiz va Tojikiston Respublikalari Mudofaa vazirliklari delegatsiyalari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida harbiy delegatsiya rahbarlarining “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasidagi “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga birgalikda gulchambar qoʻyishdi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyati va ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishishdi.