– Ushbu sayohat harbiy xizmatchilarga nafaqat ajdodlarimizning bosib o‘tgan mashaqqatli hayot yo‘li balki, vatan naqadar aziz va muqaddas ekanligi hamda o‘z kasbidan faxrlanish kabi yuksak tuyg‘ularning yanada mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etadi,–deydi kapitan Ahrorjon Safaraliyev.
Unutilmas lahzalarga boy bo‘lgan sayohat mobaynida harbiy xizmatchilar Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston xalqining buyuk g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini o‘zida namoyon etgan nodir materiallar va noyob eksponatlarni ko‘zdan kechirishdi.