Unda Mudofaa vazirligi ofiserlari, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari, shuningdek, O‘zbekiston xalq shoiri, Mudofaa vazirligi jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzo, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘satgan madaniyat xodimi, kinorejissyor, Mudofaa vazirligi jamoatchilik kengashi a’zosi Hilol Nasimovlar ishtirok etdi. So‘z olganlar mamlakatimiz mustaqilikka erishgach, barcha sohalarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida erishilgan ulkan yutuqlar, yurtimizning dunyohamjamiyatida tutgan o‘rni va nufuzi xaqida fikr yuritishdi. Ta’kidlash joizki, birgina “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasining barpo etilganligi ham o‘zlikni anglash, vatan qadrini yanada chuqurroq his etish, ertamiz egalarini vatanga munosib tarzda voyaga yetishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Majmuaning barpo etilganligiga qisqa vaqt bo‘lgan bo‘lsada o‘zining jonkuyarligi, mexnatsevarligi va vatanparvarligi bilan o‘z xizmat vazifasini vijdonan bajarib kelayotgan harbiy xizmatchilarlar hamda Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarining bir guruhiga Mudofaa vazirining “Namunali xizmatlari”, “Yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun” ko‘kran nishonlari hamda “Esdalik nishoni”, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan bayram tadbiri barcha ishtirokchilar qalbida bugungi tinch va osoyishta kunlarga bo‘lgan shukronalik, jonajon va Yangi O‘zbekistonimiz nufuzini yanada ko‘klarga ko‘tarishda kuch va shijoat bag‘ishladi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Tadbir so‘ngida harbiy san’atkorlar tomonidan vatanni madh etuvchi hamda jozibali kuy va qo‘shiqlar tuhfa qilindi.