Tanlovda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi mavjud harbiy qismlar, Okrug hamda qo‘mondonliklarda faoliyat yuritayotgan yetakchilar o‘zaro bellashdilar. Uch bosqichda olib borilgan tanlovda ishtirokchilar o‘z xizmat faoliyati mobaynida amalga oshirgan ishlari hamda kelgusidagi rejalari, shuningdek, innavatsion qarashlari bo‘yicha o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Ushbu jarayonlar hakamlar tomonidan odilona baholab borildi. Faxrli birinchi o‘rinni Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism yetakchisi egalladi. Gʻoliblarga diplom hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.