Turli sohalar qatori mamlakatimizda Mudofaa salohiyati va qudratini oshirish, bunda qator xorijiy davlatlar bilan o‘zaro tajriba almashish, ayniqsa bo‘lajak harbiy xizmatchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Xitoy Milliy Mudofaa akademiyasi ofiserlaridan iborat delegasiyaning yurtimizga tashrifi ham ana shunday ezgu maqsadlarga qaratildi. Tashrif chog‘ida delegasiya a’zolari Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon sharaf” dalat muzeyi faoliyati bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.
Tarix va bugunni bog‘lab turuvchi ushbu majmua mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.