Unda harbiy xizmatchilar hamda majmuada faoliyat yurtiayotgan Qurolli kuchlar ishchi – xizmatchilari ishtirok etdi. Bugungi kunda tobora rivojlanib borayotgan kiberjinoyatchilikni oldini olish, kompyuter, telefon kabi texnikalardan xushyorlik va extiyotkorlik bilan foydalanish borasida fikr va mulohazalar yuritildi.
Kiberjinoyat– kompyuter va tarmoqning birgalikdagi aloqasi ostida sodir etiluvchi jinoyat turi bo‘lib, bunda kompyuter jinoyat paytida maqsadli yo‘naltirilgan qurol vazifasini bajarib beradi. Kiberjinoyat kimningdir havfsizligi va moliyaviy saviyasiga zarar yetkazish kabi jinoyatni amalga oshiradi. Shuningdek, tadbirda kompyuter hamda uyali aloqa vositalariga yo‘naltirilgan, bundan tashqari, behayo yoki xaqoratomuz kontentlar hamda reklama firibgarligi kabi kiber resurslardan qanday qilib himoyalanish borasida tushuntirishlar olib borildi.