Unda Olmazor tumanidagi mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchilari ishtirok etdi.
– Ushbu bayramona tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, Olmazor tumanidagi umumta’lim maktablari o‘quvchi yoshlarini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va muvaffaqiyat bilan yakunlangan o‘quv yilini ko‘tarinki shukuhda nishonlash shu bilan birga, o‘quv yilini a’lo baholar bilan tamomlagan o‘quvchi yoshlarni “Oltin medal” bilan taqdirlash,– deydi mutasaddilardan biri. Darxaqiqat, Muhtaram Yurtboshimiz ham aynan 2023 yilni “Insonga etibor va sifatli ta’lim” yili deb nomlaganlari ham bejiz emas. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor tufayli bilim olishga ishtiyoqi balan bo‘lgan ertamiz egalari har jabhada o‘zlarining iste’dodi va shijoatini namoyon qilmoqda. Olmazor tumanida ham bu borada tahsinga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tumanda “Talabaga madad” loyihasi orqali 500 nafar bitiruvchilar Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun markazlashgan holda 4 ta umumta’lim maktabida yo‘nalishlar kesimida o‘quvchilar o‘qitildi. Yoshlarni chet tillariga qiziqtirish uchun hamda IELTS sertifikatini olish uchun tumandagi 196-sonli umumta’lim maktabida bepul ingiliz tili kurslari tashkil etilib 100 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Shuningdek, Yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish uchun tumandagi 15-298-sonli umumta’lim maktablarida 3D madellash, robotatexnika, IT kurslari tashkil etilib bu kurslarga minglab yoshlar qamrab olindi. Shu o‘rinda aytish joizki, mamlakatimizda yaratilayotgan shart-sharoitlardan munosib foydalanib yurt koriga yaraydigan xalq farovonligi yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishga qodir yangi avlodni mukammal, o‘z ona vataniga sodiq va barkamol qilib tarbiyalashda barchamiz birdek mas’ulmiz. Ko‘tarinki ruhda tashkil etilga tadbirda san’atkorlar tomonidan ijro etilgan jozibali kuylar barchaga birdek ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
.