Unda Qurolli kuchlar kuch tuzilmalari, shuningdek, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona qo‘mitasining kinologiya markazlari faol ishtirok etdi. Ko‘rgazmada xizmat itlarining zotdorlik darajasi hamda ularni parvarish vaqtida to‘g‘ri rivojlantirilganligi xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab borildi.
Tadbir avvalida Mudofaa vazirligi kinologiyasi xizmat itlarining chiqishlari namoyish etildi. Ko‘rgazmaning ilk shartiga ko‘ra, Nemis afcharkalari hamda lavrador zotli urg‘ochi xizmat itlari orasida Mudofaa vazirligi birinchi o‘rinni, Sharqiy yevropa hamda O‘rta Osiyo afcharkalari zotdorligi bo‘yicha Davlat bojxona qo‘mitasi, Belgiya afcharkasi zotdorligi bo‘yicha birinchi o‘rinni Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, O‘smir yoshdagi Belgiya hamda O‘rta Osiyo afcharkalari zotdorligi bo‘yicha Milliy gvardiya kinologiya markazi xizmat itlari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Ichki ishlar vazirligi kinologiyasi esa, o‘smir yoshdagi nemis avcharkasi zotdorligi bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Yakuniy bosqichga ko‘ra, Milliy gvardiya kinologiyasining nemis afcharkasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Gʻoliblarga diplom, qimmatbaho sovg‘alar hamda xizmat itlari uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Ta’kidlash joizki, yurtimizdagi kinologiya markazlarida zotdor itlarni ko‘paytirish va ularni asrab-avaylash maqsadida naslchilik bo‘limlari faoliyat yuritmoqda. Bu esa, o‘z navbatida xizmat itlarini zotdorlik darajasini asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur ko‘rgazma kinologiya markazlarini yutuq va kamchiliklarini aniqlash barobarida idoralararo o‘zaro tajriba almashish va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Qadimdan insoniyatga sodiq va vofodor bo‘lib kelgan bu jonivorlar bugun yurtimiz sarhadlarini qo‘riqlash, tinchlik va xotirjamlikni ta’minlashda sodiqlik bilan xizmat qilmoqda.